add

Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi

14.10.2025 | 11:0037804

Madagaskar prezidenti Andri Rajoelina oroldagi yoshlar namoyishlari va harbiy bo‘linmalarning qo‘zg‘oloni ortidan mamlakatni tark etdi. Bu haqda Reuters agentligi muxolifat va rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi
Prezident Andri Rajoelina 12 oktyabr kuni armiya bo‘linmalarida dezertirlik holatlari qayd etilgandan so‘ng xavfsiz joyga chiqishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. U o‘zi qayerdaligini oshkor etmadi, ammo «Madagaskarni vayron bo‘lishidan asrash uchun harakat qilishini» ta’kidladi. Harbiy manbalarga ko‘ra, Rajoelina 12 oktyabr kuni Fransiya harbiy samolyoti orqali orolni tark etgan. Uning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan kelishilgan holda evakuatsiya qilingani aytiladi. Ammo Fransiya hukumati bu ma’lumotni rasman tasdiqlamadi va «Madagaskar ichki ishlariga aralashmaydi» deb bayonot berdi. Makron ham bu xabarlarga izoh berib, hozircha yordam haqidagi ma’lumotni inkor ham, tasdiq ham etishga shoshilmasligini bildirgan. U mamlakatda konstitutsiyaviy tartibni saqlash zarurligini ta’kidladi. Madagaskarda sentyabr oxiridan boshlangan yoshlar namoyishlari butun mamlakat bo‘ylab avj oldi. Avvaliga Antananarivu shahrida suv va elektr uzilishlariga qarshi boshlangan mitinglar keyinchalik prezident Rajoelina iste’fosi, senat va saylov komissiyasini tarqatish talabi bilan ommaviy chiqishlarga aylandi. Tartibsizliklar davomida namoyishchilar hukumat a’zolari uylari va tijorat binolariga hujum qilgan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan javob bergan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun davom etgan to‘qnashuvlarda kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq fuqaro yaralangan. Rajoelina sentyabr oyida hukumatni tarqatib, bosh vazirni almashtirgan bo‘lsa-da, bu choralar ijtimoiy tanglikni yumshatmadi. Oktyabr o‘rtalarida esa prezident mamlakatda «davlat to‘ntarishiga urinish» boshlanganini e’lon qildi. Avvalroq Madagaskarda suv va elektr ta’minotidagi uzilishlar ortidan boshlangan ommaviy noroziliklar sabab Prezident Andri Rajoelina hukumatni tarqatib yuborilgan.

Teglar

Mavzuga oid