add

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi

Kecha 21:401 daqiqa

Loyiha davlat rahbari Sadir Japarovning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilmoqda.

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi

Saudiya Arabistonining Makka shahrida Qirg‘iziston fuqarolari uchun mo‘ljallangan bepul mehmonxona majmuasi qurilishi rasman boshlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ma’lum qildi, deya yozmoqda 24.kg.

O‘runbekovga ko‘ra, yangi bino Saudiya Arabistoniga kelayotgan qirg‘izistonliklarning, jumladan, haj ziyoratini ado etuvchilar va ta’lim oluvchilarning bepul yashashi uchun mo‘ljallangan. Loyiha davlat rahbari Sadir Japarovning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, qurilishni yakunlash muddatlari, moliyalashtirish hajmi va ob’ektni foydalanishga topshirishning aniq sanasi hozircha ochiqlanmagan.

Teglar

Mavzuga oid