add

Makron: AQSH dollari bilan raqobat qilish vaqti keldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi yevroobligatsiyalar orqali qo‘shma qarz olish mexanizmlarini ishga tushirishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, bu qadam AQSH dollarining gegemoniyasiga qarshi turishga yordam beradi.

Makron: AQSH dollari bilan raqobat qilish vaqti keldi

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining Brusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga ikki kun qolganida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Le Monde» va boshqa bir qator Yevropa nashrlariga bergan intervyusida 27 a’zo davlatni atrof-muhitni himoya qilish, shuningdek, sun’iy intellekt va kvant texnologiyalari sohalariga qo‘shma investitsiyalar kiritishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, bu qadamlar Yevropa Ittifoqining ortda qolib ketishining oldini olishga xizmat qiladi.

«Yevropa Ittifoqi AQSH va Xitoy bilan taqqoslaganda yetarlicha qarzdor emas. Texnologik investitsiyalar poygasi ketayotgan bir paytda bu qarz olish imkoniyatlaridan foydalanmaslik jiddiy xatodir», – dedi Makron.

«Xotirjamlikka berilmaslik kerak»

Prezidentning fikricha, bu tashabbus strategik investitsiyalarni moliyalashtirishga xizmat qiladi va Yevropa Ittifoqiga «dollarning gegemoniyasiga qarshi turish» imkonini beradi.

Bu pozitsiya Yevropa davlat va hukumat rahbarlari 12-fevral kuni Brusselda raqobatbardoshlik masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilish arafasida bildirildi. Grenlandiya inqirozidan so‘ng, Emmanuel Makron yevropaliklarni «qo‘rqoqona, qisqa muddatli xotirjamlik»ka berilmaslikka ham chaqirmoqda.

«So‘nggi to‘qqiz yil davomida men yanada suveren Yevropa uchun kurashib kelyapman. Menimcha, konseptual o‘zgarish ro‘y berdi va biz bir necha yil avval tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ko‘plab chora-tadbirlarni qabul qildik. Masalan, qo‘shma moliyalashtirish va umumiy loyihalarga asoslangan Yevropa mudofaa tizimini yaratdik. Biz mafkuraviy jihatdan g‘alaba qozondik. Ammo harakat sur’ati ham, ko‘lam ham hali yetarli emas», – dedi Makron.

Teglar

Mavzuga oid