add

Makron: AQSH Ukrainadagi urushni to‘xtatishi shart

25.06.2025 | 21:456663

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron NATO sammitida so‘zga chiqib, AQSHni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi.

Makron: AQSH Ukrainadagi urushni to‘xtatishi shart
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 24 iyunda Gaagada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida AQSHni Ukrainadagi urushni to‘xtatishda faol qadam tashlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Vashington Eronga qarshi amalga oshirgan qat’iy harakatlari orqali xalqaro maydonda ta’sir kuchini oshirgan va shu nufuzni Ukrainada tinchlikni tiklashga yo‘naltirishi kerak. «AQSH bu urushni to‘xtatishi kerak. Ular Eronga qarshi harakatlar orqali ta’sir orttirdi, endi shu ta’sirni Ukrainadagi muammoni hal etishga qo‘llashi lozim», - dedi Makron. Shuningdek, u Yevropani ham faolroq harakat qilishga chaqirdi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari Ukrainaga uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishi, uning armiyasini tiklashda va xavfsizlik kuchlarini qayta joylashtirishda ishtirok etishi kerak. Fransiya Prezidenti «xohlovchilar koalitsiyasi» haqida gapirar ekan, Yevropaning NATO doirasida faol va strategik rol o‘ynashi zarurligini ta’kidladi. Uning ta’biricha, Ukrainaga berilayotgan yordam qisqa muddatli emas, balki barqaror va tizimli bo‘lishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid