add

«Maktab bozori-2025»: bir bolaning xarajati qanchaga tushadi?

13.08.2025 | 19:2013218

O‘zbekistonda avgust ota-onalar uchun eng xarajatli oylardan biri. Chunki yangi o‘quv yili oldidan kiyim-kechak va zarur o‘quv qurollari xaridi boshlanadi. Vaqt.uz muxbiri maktab rastalarini kezib, narxlar bilan tanishdi.

«Maktab bozori-2025»: bir bolaning xarajati qanchaga tushadi?
Ayni paytda har bir maktab yoshidagi farzandi bor har bir ota-onaning oldida bolani maktabga tayyorlash uchun qancha pul zarur bo‘ladi, degan savol ko‘ndalang. Ko‘pchilikni qiynayotgan savollarga javob topish Vaqt.uz muxbiri Chorsu bozorining maktab rastalarini aylanib, eng xaridorgir va nisbatan arzon deb aytilgan savdo nuqtalaridagi narxlarni o‘rgandi. Bozordagi narx-navolar bilan tanishish mobaynida, bozor ichkari va tashqarisi, hatto bir-biriga yaqin bo‘lgan rastalarda ham sifat, mahsulot turi bir xil bo‘lishiga qaramay, narxlarda sezilarli farq borligi payqash mumkin. [caption id="attachment_12978" align="aligncenter" width="633"]Maktab 01 Chorsu bozori. Foto: Vaqt.uz[/caption] Asosan, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun butun o‘quv yili davomida kerak bo‘ladigan eng asosiy buyumlar, kiyim-kechaklar ro‘yxatini tuzib, shu asnosida narxlar bilan tanishdik. (Ro‘yxatda hamma tovarlarning eng arzon narxlari berilgan) [caption id="attachment_12979" align="aligncenter" width="633"]Maktab 02 Chorsu bozori. Foto: Vaqt.uz[/caption] O‘quv qurollari uchun: 12 varaqli katak daftar (10 dona) — 5 ming so‘m; 12 varaqli chiziqli daftar (10 dona) — 5 ming so‘m; 48 varaqli daftar (5 dona) — 10 ming so‘m; Kitob uchun muqova (sinf to‘plami) — 15 ming so‘m; Daftar uchun muqova (12 talik to‘plam) — 12 ming so‘m; Qalam (3 dona) — 3 ming so‘m; Ruchka (10 dona) — 10 ming so‘m; O‘chirg‘ich — 3 ming so‘m; Chizg‘ichlar to‘plami — 10 ming so‘m; Sirkul — 10 ming so‘m; Qalam ochgich — 3 ming so‘m; Rangli qalamlar to‘plam — 6 ming so‘m; Akvarel va mo‘yqalam — 13 ming so‘m Flomasterlar to‘plami — 10 ming so‘m; Plastilin (10 xil rang) — 7 ming so‘m; Katta penal — 5 ming so‘m; Rasm uchun albom — 5 ming so‘m; Rangli qog‘oz — 5 ming so‘m; Maktab kundaligi — 8 ming so‘m; Maktab sumkasi — 80 ming so‘m; Jami: 225 ming so‘m.   [caption id="attachment_12980" align="aligncenter" width="633"]Maktab 03 Chorsu bozori. Foto: Vaqt.uz[/caption] Maktab liboslari narxlari:

O‘g‘il bolalar uchun kiyimlar:

Qiz bolalar uchun kiyimlar

O‘g‘il bola ko‘ylagi — 70 ming so‘m Kofta —70 ming so‘m
Shim — 100 ming so‘m Yubka — 60 ming so‘m
Oyoq kiyimi — 130 ming so‘m Oyoq kiyimi — 160 ming so‘m
Galstuk — 20 ming so‘m Soch uchun bantik — 15 ming so‘m
Jilet — 45 ming so‘m
JAMI: 365 ming so‘m JAMI: 305 ming so‘m
[caption id="attachment_12981" align="aligncenter" width="633"]Maktab 04 Chorsu bozori. Foto: Vaqt.uz[/caption] Umumiy hisobda, eng minimal narxlar bilan ota-ona o‘g‘il bola farzand uchun 590 ming, qiz bola farzand uchun 530 ming sarflashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Narxlarni bilish davomida bir ayolning ikki qizi uchun o‘quv qurollari olib, sotuvchi bilan rosa bahslashayotgani va qizlariga faqat eng kerakli narsalarnigina ol deb qayta-qayta takrorlayotgani e’tiborimizni tortdi. [caption id="attachment_12982" align="aligncenter" width="633"]Maktab 05 Chorsu bozori. Foto: Vaqt.uz[/caption] Ayol xaridini yakunlagach, maktab bozoridagi narxlar haqidagi fikri bilan qiziqib, uni savolga tutdik. «O‘zim nogironman. Ikkita bolaga bozorlik qilish qiyin. Hatto qo‘shnilarimiz yubka berdi, hozir biroz pulim borligi uchun yur, olib bera qolaman dedim. Juda qiyin. Kiyimini olmadik, faqat shuni oldik majbur. O‘quv qurollari kerak narsa. Eski-tuski kiysa ham bo‘ladi. O‘quv qurollarini oldik faqat. Men bozorni aylanib keldim. Narigi yoqlardan arzonroq bo‘lgani uchun buyog‘dan oldim. Masalan, narigi yoqda bitta 48 sahifalik daftarli 3500 so‘m deyishyapti. Namuncha dedim, butikda ham buncha qimmatmasku dedim», — dedi ayol. Sotuvchilar ota-onalar maktab bozori uchun xaridni kechiktirmasligi kerakligini ta’kidladi. Ularning aytishicha, sentyabr oyi yaqinlashgan sayin narxlar ko‘tarilib boraveradi. Mehrinoz Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid