add

Mamdanining yangi solig‘i Nyu York boylarini Londonga haydamoqda

Bugun 14:252621

Nyu York meri etib saylangan Zohran Mamdani yuqori daromadli shaxslardan qo‘shimcha soliq undirish tashabbusi bilan boylarni Yevropaga ko‘chishga undamoqda.

Mamdanining yangi solig‘i Nyu York boylarini Londonga haydamoqda

Mamdanining yillik daromadi 1 mln dollardan oshgan oilalar uchun 2 foizli qo‘shimcha soliq joriy etish rejasi Nyu Yorkdagi boy qatlamni hayajonga soldi. Sotheby’s International Realty ma’lumotiga ko‘ra, Mamdani saylovda oldinga o‘ta boshlagan paytdan buyon Londondagi lyuks uylarga talab 28 foizga oshgan. AQSHliklar ayniqsa Notting Hill va Saut Kensington tumanlariga qiziqmoqda.

Mamdani o‘zini «ijtimoiy adolat tarafdori» deb atab, qimmat turmush kechirayotgan Nyu York aholisi uchun yangi soliq tizimini taklif qilmoqda. Taklif qilingan 2 foizli soliq taxminan 34 mingta yuqori daromadli oilani qamrab oladi. Bu shaharning eng boy qatlamida «Mamdani migratsiyasi» deb ataluvchi navbatdagi ommaviy ko‘chish xavfini yuzaga keltirmoqda.

Biroq mutaxassislar Yevropaga ko‘chish ham mukammal yechim emasligini aytmoqda. Buyuk Britaniya ham o‘zining «hashamat solig‘i» islohotini muhokama qilmoqda. Masalan, 2 mln funtdan yuqori bo‘lgan mulklarga uy-joy sotilishidagi kapital foyda solig‘idan ozod etishni bekor qilish g‘oyalari ilgari surilmoqda.

«Hamptons» kompaniyasi mutasaddisi Joanna Koking so‘zlariga ko‘ra, «AQSHliklar uchun London hozircha jozibali, lekin Britaniyaning keyingi budjet bayonoti ularning qarorini keskin o‘zgartirishi mumkin».

Teglar

Mavzuga oid

Mamdanining yangi solig‘i Nyu York boylarini Londonga haydamoqda | Vaqt.uz