add

Manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan kompaniya jazolandi

Kecha 14:55531 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi yuqori likvidli sementni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish orqali birja qoidalarini buzgan kompaniyaga ta’sir chorasini qo‘lladi.

Manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan kompaniya jazolandi

Raqobat qo‘mitasi manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan kompaniyaga ta’sir choralarini qo‘lladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «SURXANCEMENTINVEST» MCHJ tomonidan 2025 yil yanvar-avgust oylarida yuqori likvidli sement mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotib yuborilganlik holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunining 29-moddasida «Birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan, savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish; faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish taqiqlanadi», deb ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «SURXANCEMENTINVEST» MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi aholini savdo nayranglaridan ogohlantirganligi haqida xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid