add

Margarita Simonyan saraton sabab Russia Today’ni tark etishi mumkin

08.09.2025 | 21:0040113

Russia Today bosh muharriri Margarita Simonyan og‘ir xastalikka chalinganini ma’lum qildi. U operatsiya arafasida turibdi, ishdan ketishi ham mumkin.

Margarita Simonyan saraton sabab Russia Today’ni tark etishi mumkin
7 sentyabr kuni «Rossiya segodnya» mediagruppasi va Russia Today telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Vladimir Solovyovning «Vecher» dasturida so‘zlab, shifokorlar unga «qo‘rqinchli va og‘ir» kasallik tashxisini qo‘yishganini ma’lum qildi. U bu haqda shaxsan gapirishni ma’qul ko‘rganini aytdi va qo‘li bilan chap ko‘krak qismiga ishora qildi. Simonyanning so‘zlaridan operatsiya mastektomiya bo‘lishi mumkinligi anglashildi. 45 yoshli Simonyan aniq qanday kasallikka chalinganini ochiqlamadi. Ammo The Moscow Times manbalariga ko‘ra, u saratonga chalingan va uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bor. Manba xabariga ko‘ra, uning Russia Today rahbarligini davom ettirish-ettirmasligi masalasi ko‘rib chiqilayotgani, ishdan ketish ehtimoli mavjudligi aytilmoqda. Margarita Simonyan Rossiya hukumati moliyalashtiradigan va tashqi auditoriyaga qaratilgan asosiy targ‘ibot kanallaridan biri — RT telekanalini boshqaradi. 2025 yilda RT uchun davlat byudjeti 31,1 mlrd rublni tashkil qilgan. YeI va AQSH uning o‘zi, hamda Rossiya segodnya, RIA Novosti va RT’ga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Uning turmush o‘rtog‘i — rejissyor Tigran Keosayan 2025 yil yanvaridan beri komada. Simonyanning so‘zlariga ko‘ra, u klinik o‘limni boshidan kechirgan va to‘qqiz oydan beri hech qanday yaxshilanish kuzatilmagan. Keosayan bir necha filmlar, jumladan, «Qrim ko‘prigi» propaganda filmi muallifi. Shuningdek, Kreml targ‘ibotiga oid ko‘rsatuvlar boshlovchisi sifatida tanilgan.

Teglar

Mavzuga oid