add

Markaziy bank qoida buzgan 6 ta bankni jarimaga tortdi

19.05.2025 | 17:3030603

Markaziy bankning aprel oyi nazorat yig‘ilishida jismoniy shaxslarga hisobvaraq ochishda qoidalarni buzgan 6 ta bankga jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Yana 5 tashkilot ham jazolandi.

Markaziy bank qoida buzgan 6 ta bankni jarimaga tortdi
O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2025 yil aprel oyidagi yig‘ilishlarida jami 45 ta nazorat masalasini ko‘rib chiqdi. Ular ichida jismoniy shaxslarga hisobvaraq ochish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talablarni buzgani uchun 6 ta bankga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Shuningdek, 3 ta lombard va 2 ta mikromoliya tashkiloti ham shunday huquqbuzarlik uchun jarimalandi. Markaziy bank aynan qaysi banklar va tashkilotlarga jarima qo‘llanilganini ochiqlamagan. Qo‘mita yig‘ilishida umumiy hisobda 26 ta ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalasi ko‘rildi. Bular qatorida 4 ta bank ustaviga o‘zgartirishlar, 5 ta yangi mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazish va 1 ta sub’ektga ulush egallash uchun ruxsat berish ham bor. Bundan tashqari, 15 ta holatda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruv lavozimlariga nomzodlar ko‘rib chiqildi. 1 nafar mutaxassisga audit o‘tkazish sertifikati berildi. Moliyaviy barqarorlik va ko‘rsatmalarga rioya etilish bo‘yicha 19 ta masala muhokama qilindi. Ushbu muhokamalarda tijorat banklari hamda mikromoliya tashkilotlari faoliyatidagi ba’zi kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, ustav kapitali va yuridik maqomi bo‘yicha talablarni buzgan 1 ta to‘lov tizimi operatori va 3 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.

Teglar

Mavzuga oid