add

Markaziy bank to‘rtta bankni jazoladi

Bugun 17:152652 daqiqa

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta to‘lov tashkilotlari chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Markaziy bank to‘rtta bankni jazoladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025 yilning noyabr oyidagi yig‘ilishlarida (6-marta) 41 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 31 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida to‘gri keldi. Shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (5 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (5 ta), mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish (1 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (4 ta), banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorlik malaka sertifikatini berish (4 ta) shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (12 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rilgan.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala — Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, kredit va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilingan.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta to‘lov tashkilotlari chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida, hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bankdan barcha tijorat banklariga ogohlantirish bergan edi. Ayrim tijorat banklari mobil ilovalar orqali iste’molchilarga majburiy ofertalar va asossiz komissiyalarni qo‘llayotganini aniqlangan.

Teglar

Mavzuga oid