add

Marketing biznesni qanday o‘stirishi kerak: 2026 yilda buni kim ko‘rsatib bera oladi?

Bugun 14:382 daqiqa

Toshkentda o‘tadigan Tashkent Marketing Forum 2026 marketingni foyda va o‘sishga aylantirishni amalda ko‘rsatadi.

Marketing biznesni qanday o‘stirishi kerak: 2026 yilda buni kim ko‘rsatib bera oladi?

2026 yil 14-fevralda «AZIMUT Grand Hotel Tashkent»da Tashkent Marketing Forum 2026 — Markaziy Osiyoning eng yirik marketing konferensiyasi va tadbirkorlar, rahbarlar hamda marketologlar uchun yilning asosiy professional voqeasi bo‘lib o‘tadi.

Bu forum nazariyotdan charchab, marketing sotuvlarga, biznesning o‘sishi va foydaga haqiqatda qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunmoqchi bo‘lganlar uchun. «TMF2026» O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Isroil va Italiyadan 50 dan ziyod spikerlarni — yetakchi jahon va mintaqaviy brendlar bilan ishlovchi amaliyotchilarni jamlaydi.

Forum 4 ta zalda 7 ta parallel seksiyalar formatida o‘tadi, bu har bir qatnashchiga forum doirasida o‘z biznesining vazifalari va ekspertlik darajasiga munosib o‘z dasturini shakllantirish imkonini beradi.

«Parallel seksiyalar formati yaxshi natijalar berishini ko‘rdik. U real biznes-masalalarni muhokama qilish, yangi keyslar bilan o‘rtoqlashish va amaliy javoblar olish imkoniyatini beradi. Seksiyalar kuratorlari bilan biz haqiqatan ish beradigan g‘oyalarni o‘rtoqlashishga tayyor eng kuchli marketolog va ekspertlarni jamladik», — deya qayd etadi O‘zbekiston marketing uyushmasining raisi, forum tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov.

TMF2026ga chipta xarid qilishning besh sababi:

  • Mavhumlik o‘rniga amaliyot — real keyslar, raqamlar, xatolar va yechimlar;

  • Kontent tanlash — 7 ta seksiya, turli formatlar va miqyoslar

  • Netvorking — 1000 dan ziyod marketologlar, tadbirkorlar, top-menejerlar va agentliklar;

  • Bilimlar konsentratsiyasi — forumning barcha spikerlari yozuvlaridan foydalana olish

  • Forum qatnashchisi sertifikati.

Forum qatnashchilari marketing agentliklari va forum «Yil marketingi» yarmarkasiga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ladilar. Yarmarkada maxsus shartlarda yangiliklar va dolzarb mahsulotlar taqdim etiladi. An’anaga ko‘ra, forum doirasida «Tashkent Marketing Awards» marosimi o‘tkaziladi, unda uyushma hamkori bo‘lgan brendlar va O‘zbekiston marketing uyushmasining talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi marketologlari taqdirlanadi.

Forum dasturida marketing-navigator: Ipak Yuli Bank ko‘magida o‘tkaziladigan ekspertlar bilan 1:1 sessiyalari — marketing vazifalarini muhokama qilish, tarmoq ekspertlaridan tavsiyalar olish va o‘z professional yo‘nalishlarini yanada aniqroq tushunish uchun individual uchrashuvlar formati.

Qatnashchilar konkret keyslarni tahlil qilishlari va chetdan nazar tashlay olishlari mumkin bo‘ladi.

Hamkorlik asosida tayyorlandi.

Teglar

Mavzuga oid