add

Marko Polo safarnomasi o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda

06.09.2025 | 19:0047123

Marko Polo safarnomasini o‘zbekchaga tarjima qilish yakunlanmoqda. Toshkentda ushbu kitobga bag‘ishlangan taqdimot marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Marko Polo safarnomasi o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda
6 sentyabr kuni O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev Italiya universitetlari rektorlari konferensiyasi (CRUI) boshqaruv kengashi a’zosi, Venetsiyadagi Ka’ Foskari universiteti rektori Titsiana Lippiyella bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda. Suhbat chog‘ida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida yangi O‘zbekiston–Italiya ta’lim forumiga tayyorgarlik ishlari boshlangani ma’lum qilindi. Forum joyi yaqin kunlarda aniqlanadi. Mazkur forum 2026 yil boshida o‘tkazilishi va unda O‘zbekiston hamda Italiyaning yetakchi oliygohlari ishtirok etishi kutilmoqda. Uchrashuvda yana bir muhim masala — Marko Poloning mashhur «Sayohatlar kitobini» o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari yakunlanmoqda. Bu loyiha Ka’ Foskari universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda. Italiyalik hamkorlar fikriga ko‘ra, «O‘zbekiston Ipak yo‘li markazida joylashgani bois, ushbu asarning o‘zbek tilidagi nashri juda katta ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega». Shu munosabat bilan Toshkentda maxsus taqdimot marosimi tashkil etiladi.

Teglar

Mavzuga oid