
Marko Rubio Medvedev tahdidlari ustidan kuldi: Rossiya AQSHga bas kela olmaydi
01.08.2025 | 10:009223
AQSH davlat kotibi Marko Rubio RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning yadroviy urush haqidagi bayonotlarini kulguga oldi. Unga ko‘ra, Rossiya nafaqat AQSH, balki Yevropa davlatlariga ham oddiy harbiy yo‘l bilan qarshi chiqa olmaydi.

Marko Rubioning so‘zlariga qaraganda, yadroviy urush haqidagi tahdidlar real asosga ega emas va bunday urushning sodir bo‘lishi «tasavvur qilib bo‘lmas narsa». U bu fikrlarni Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
AQSH davlat kotibi ta’kidlashicha, Rossiya yadroviy qurol haqida gapirgani bilan u amalda AQSH bilan oddiy harbiy qurollar orqali kurasha olmaydi. U 2022 yildagi Ukraina urushi misolida Rossiyaning harbiy ojizligini misol sifatida keltirdi. O‘sha paytda Ukrainada Yevropadagi eng yirik armiya ham yo‘q edi, dedi u.
«Menimcha, shubha yo‘qki, Rossiya oddiy harbiy salohiyatda AQSHga ham, Yevropaning ko‘plab davlatlariga ham qarshi tura olmaydi. Ular uchun bu juda qiyin bo‘lardi», — deya qayd etdi Rubio.
Shuningdek, u AQSH Rossiya bilan to‘liqonli urush haqida qayg‘urmasligini aytdi. Eng xavfli ssenariy — texnik xatolar va strategik hisob-kitobdagi nuqsonlar tufayli yadroviy insident kelib chiqishi mumkinligidir.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya standart harbiy imkoniyatlarga ega emasligi sababli u taktik yadroviy qurollar yordamida faqat maydonda tahdid qilyapti. Ammo bunday ssenariy amalga oshishi ehtimoli juda past va real voqelikdan yiroq, deb hisoblaydi Rubio.
Fox News bilan suhbatda u: «Bu haqida o‘ylab ham o‘tirishga hojat yo‘q, chunki bu har qaysi tomon uchun noreal», — deya xulosa qildi.





