add

Maryam Tillayeva onasi Lola Karimova bilan besh yil oldin aloqani uzganini ma’lum qildi

16.09.2025 | 14:1515893

Birirnchi prezident nabirasi instagramda onasi bilan uzilgan munosabatlar, oilaviy ziddiyatlar haqida ochiqcha aytdi.

Maryam Tillayeva onasi Lola Karimova bilan besh yil oldin aloqani uzganini ma’lum qildi
Maryam Tillayeva instagramdagi storislar orqali onasi Lola Karimova bilan munosabatlari buzilganini ochiqladi va besh yildan beri ular aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi. Onasining hatti-harakatlari unga yoqmasligini, onasi «jabrdiyda ayol» rolini o‘ynashi va shu orqali omma diqqatini jalb qilishini ayti. Maryam Tillayeva Lola Karimovani O‘zbekistonga kelishiga qaramasdan buvisining uyiga tashrif buyurmaganini misol qildi. U bu voqealar birinchi davrda uning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ochiqladi. Maryam o‘z his-tuyg‘ularini ochiq bayon qilib, uning bu jarayonda eng ko‘p achingani — ukasi va singlisi ekanini aytdi. Bloger do‘stlari va jamoatchilik munosabatlarini ko‘rsatgan holda, hayotdagi lavozim va moliyaviy imkoniyatlar oila bag‘rikengligi va ichki tinchlikdan muhim emasligini qayd etdi. U o‘z hayotini yanada zavqli, erkin va muhabbatga asoslangan tarzda yashashga qaror qilganini bildirdi.
«Umuman olganda, oilamiz tarixi murakkab, ba’zi voqealarni esa bobom, buvim va boshqa qarindoshlarimga hurmat yuzasidan oshkor eta olmayman. Shu bilan birga, onamning menga qarshi nosog‘lom raqobat qilishga urinishini sezaman. Men yaqinlarimning xatti-harakatlari uchun javobgar emasman va hammani qutqarish yoki yarashtirish ham vazifam emas. Men shunchaki o‘z hayotimni yashayman va o‘z oilamni quraman», dedi Maryam Tillayeva.

Teglar

Mavzuga oid