add

Maryam Tillayeva yigiti bilan intervyu berdi. Ular to‘yini Toshkentda qilmoqchi

24.09.2025 | 23:2044066

Maryamning yigiti hech qayerda ishlamasligi, hozircha faqat o‘qishi, ammo «alfons» ham, narkoman ham emasligini aytdi.

Maryam Tillayeva yigiti bilan intervyu berdi. Ular to‘yini Toshkentda qilmoqchi
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillayeva va uning qallig‘i Arno Kasyan kelasi yil sentyabr oyida O‘zbekistonda to‘y qilmoqchi. To‘y ikki kun davom etishi rejalashtirilgan. Bu haqda juftlik YouTube dagi UzCast loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Biz zamonaviy to‘y qilmoqchimiz, lekin milliy urf-odatlar ham o‘tkazish tarafdorimiz. Kecha ham ayrim detallarini muhokama qildik. Toshkent joylashuv nuqtai nazaridan bizga qulay, chunki Amerikadan keladigan do‘stlarimiz bor, ular Rossiyaga bora olmaydi; Rossiyadan keladiganlar ham bor, ular esa Amerikaga yoki Yevropaga ucha olmaydi. Shuning uchun to‘y Toshkentda bo‘ladi», - dedi Maryam Tillayeva. U to‘yga hamma qarindoshlari taklif qilinishini aytdi. Shuningdek, oilaviy munosabatlari xuddi la’natlangandek murakkbligini bildirdi. «To‘yga hamma taklif qilinadi. Biroq barchaga ma’lum, mening oilam bilan munosabatlarim juda murakkab, xuddi bizga qandaydir la’nat tushgandek. Chunki oilamizdagi janjallarni ko‘rsangiz, shunday qarindoshlardan dushman yaxshiroqdir, deb o‘ylaysiz. Men doim oddiy, sog‘lom munosabatlar o‘rnatilgan oilam bo‘lishini orzu qilib ulg‘ayganman. Shu bois Arnoni uchratganimdan g‘oyat xursandman. Chunki nihoyat men istagandek oila qurishimiz mumkin. Unda nasib bo‘lsa farzandlarim ota-onaning janjalini ko‘rmaydi, agar oramizda kelishmovchilik bo‘lsa, biz buni bolalardan chetda hal qilamiz. Oilamizda muloqot, o‘zaro hurmat bo‘ladi», - deya ta’kidladi u. Maryamning yigiti «alfons» emasligi, narkotik ta’sirida yurmasligi haqida so‘z ochdi. «Biz haqimizda juda ko‘p safsatalar bor. Masalan, go‘yoki men “alfons” emishman. Bu gapni eshitish menga yoqimsiz. Maryam bilan uchrashishni boshlaganimizda, unga ko‘p odamlar shunday deb yozishgan. Hatto dugonalari ham: “U alfons, sendan foydalanmoqchi”, deyishgan. Shuning uchun Masha mendan ikki baravar ko‘proq pul sarflashimni talab qilardi, shu tariqa dugonalari oldida o‘zimni oqlar edim. Bu mish-mishlar hatto Toshkentda ham tarqalgan. Yana narkotik ta’sirida yurar emishman. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Men bolaligimda doridan zaharlanganman, Fenazepamni ko‘p ichib yuborganim uchun hatto reanimatsiyaga tushganman. Shundan keyin sog‘lig‘im bo‘yicha cheklovlar qolgan. O‘sha paytdan beri ko‘zimning ifodasi bir oz boshqacha, shuning uchun ham ba’zi odamlar noto‘g‘ri o‘ylashadi. Menda shunchaki diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi bor», - dedi Arno Kosyan. Ma’lumot o‘rnida, Maryam Tillyayeva O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayevaning to‘ng‘ich qizi. Maryam 1999 yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. U rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi, ammo 2022 yilning iyul oyida ularning munosabati o‘z poyoniga yetgani ma’lum bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid