add

Mashina kapotida «akvarium»: baliqlar bilan video jazoga olib keldi

14.07.2025 | 20:0040862

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e’tiroz keltirib chiqardi.

Mashina kapotida «akvarium»: baliqlar bilan video jazoga olib keldi
Bu holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi. Holat Ekologiya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birga o‘rganilgan bo‘lib, natijada ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida yashovchi fuqaro I.N. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘lgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari – 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan. Ushbu ishni sodir etgan shaxs so‘zlariga ko‘ra, u avval bu harakatning noto‘g‘ri ekanini anglamagan. Keyinchalik esa bunday yo‘l tutish mumkin emasligini tushungan. «Baliqlar o‘zimizniki edi. Baribir ham o‘zimizniki bo‘lgani bilan odamlarga bunaqa nasrani ko‘rsatib targ‘ib qilmaslik kerak ekan», degan u.

Teglar

Mavzuga oid