add

Mask Ukrainaga qarshi: Starlinkʼning o‘chirilishi harbiy operatsiyaning muvaffaqiyatsiz yakuniga sabab bo‘lgan

27.07.2025 | 10:0039524

2022 yilning sentyabrida Ukraina Xersonda qarshi hujumni boshlar ekan, Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini o‘chirishni buyuradi. Bu qaror ukrain armiyasining dronlari va aloqa tizimlarini vayron qilgan, Bericlavda ruslarni qurshab olish rejasi barbod bo‘lgan.

Mask Ukrainaga qarshi: Starlinkʼning o‘chirilishi harbiy operatsiyaning muvaffaqiyatsiz yakuniga sabab bo‘lgan
Reuters xabariga ko‘ra, SpaceX muhandisi Maykl Nikolls 100 dan ortiq terminalning ishi to‘xtaganini tasdiqlagan. Askarlar dronlar nazorati va shifrlangan aloqalarni yo‘qotgan. Bir front ofitserining hikoya qilishicha, qurshab olish to‘liq to‘xtagan, qarshi hujum  muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Maskning buyrug‘i 2022 yil 30 sentyabr atrofida amalga oshirilgan. Uning harakati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21 sentyabrdagi yadroviy tahdididan so‘ng yuzaga kelgan. Mask eskalatsiya xavfidan cho‘chib ketgan va bu qarorni AQSH rasmiylari bilan muhokamadan so‘ng qabul qilgan. 2023 yilda SpaceX prezidenti Gvinn Shotvell Ukraina dron hujumlari uchun Starlinkʼdan foydalanishi to‘sib qo‘yilganini tan olgan. Ammo u tafsilotlarni ochiqlamagan. Mask esa o‘z postlarida Ukraina armiyasi fronti aynan Starlinkʼga bog‘liqligini ta’kidlagan. 2025 yil apreliga kelib Ukrainada 50 mingdan ziyod terminal ishlayotgan bo‘lgan, ulardan 25 mingini Polsha xarid qilgan. Starlink Ukrainada dronlar boshqaruvi, shifrlangan aloqa va davlat axborot tizimlari uchun asosiy infratuzilma bo‘lib xizmat qilgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri xabardor uch manba Maskning qarorini tasdiqlagan. Ulardan biri: «U urush natijasini o‘z qo‘liga oldi», — deya ta’kidlagan. Bu Mask tomonidan jang maydonida amalga oshirilgan birinchi texnologik to‘sish bo‘lgan. Uning o‘zi Reuters xabariga raddiya berib, «bunday ish qilmaganmiz», — degan. SpaceX esa reportajni «noaniq» deya baholagan, lekin savollarga javob berishdan bosh tortgan. 2025 yil holatiga ko‘ra, SpaceX 7900 ta sun’iy yo‘ldoshni boshqaradi — bu Yer orbitasidagi butun yo‘ldoshlar sonining 66 foizini tashkil etadi. Starlinkning yillik daromadi 9,8 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, bu SpaceXning 60 foiz daromadini beradi.

Teglar

Mavzuga oid