
«MAXAM-CHIRCHIQ» faoliyati to‘xtatildi
Korxona faoliyatida ekologiyani ifloslantirayotgna holatlar aniqlangan.

Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJning faoliyati ekologik kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatildi.
Qayd etilishicha, kompaniya faoliyatida tekshirish o‘tkazilganda 11 ta holatda kamchilik aniqlangan. Jumladan chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi me’yoriy hujjat talabiga javob bermaydi, ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yordan ortiq chiqarilmoqda, kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylashtirilmagan, suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqcha chiqarilmoqda, kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilmagan.
Shu bois Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi sudga ariza bilan murojaat qilib, «MAXAM-CHIRCHIQ» AJning faoliyatini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatishni so‘ragan.





