add

Maykl Jeksonning paypog‘i 6200 yevroga sotildi

02.08.2025 | 20:3047072

Le Figaro gazetasiga ko‘ra, Fransiyaning Nim shahrida bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning 1997 yilda Nitssadagi konserti paytida kiygan paypog‘i sotuvga qo‘yildi.

Maykl Jeksonning paypog‘i 6200 yevroga sotildi
Yaltiroq bezakli och jigarrang paypoq ramkaga joylashtirilgan holda taqdim etilgan va uning qiymati 3–4 ming yevro atrofida baholangan. Mazkur paypoq 1997 yil 27 iyun kuni «Sharl Ermann» stadionida bo‘lib o‘tgan konsertdan so‘ng, Jeksonning kiyinish xonasi yonidan topib olingan. Ushbu ashyoni konsertda uskunalar bilan ishlagan texnik xodim topgan bo‘lib, shundan beri u paypoqni o‘zida saqlab kelgan. Kimoshdi savdosi tashkilotchilariga ko‘ra, bu paypoq Jeksonning «HIStory» jahon gastrollari doirasidagi chiqishlarida, jumladan «Beat It Live» va «Billie Jean» qo‘shiqlarini ijro etar ekan, kiyib yurilgan. Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Parijdagi kimoshdi savdosida Maykl Jeksonning 1983 yilda ilk bor «Oy yurishi»ni namoyish etganda kiygan shlyapasi sotuvga qo‘yilgan edi. Ushbu lot 77 ming yevrodan ortiq summaga sotilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Maykl Jeksonning paypog‘i 6200 yevroga sotildi | Vaqt.uz