
Medvedev Tramp tanqidiga javob berdi va yadroviy qurol masalasi bo‘yicha o‘zini oqladi
24.06.2025 | 10:2037743
Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSH prezidenti Donald Trampning yadroviy qurol haqidagi tanqidiy bayonotiga javob qaytardi. U Rossiya Eronga yadroviy qurol yetkazishni rejalashtirmayotganini aniq bayon qildi.

24 iyun kuni Rossiyaning sobiq prezidenti, hozirda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimidagi Dmitriy Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yadroviy qurol tarqatish bo‘yicha xalqaro kelishuvlarga sodiqligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Eronga bunday qurol yetkazish niyatida emas.
Bu bayonot Trampning oldinroq qilgan tanqidiy chiqishiga javob tariqasida berildi. AQSH prezidenti Medvedevning avvalgi bayonotida Eronga «yadroviy yadroviy kallak» yetkazilishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratgan va buni xavfli ritorika deb baholagan edi.
Medvedev Trampning bu chiqishiga o‘z javobida shunday yozdi:
« Isroildan farqli o‘laroq, Rossiya yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchisidir. Biz bunday qurolni boshqa davlatlarga berish niyatida emasmiz», dedi u.U shuningdek, 2010 yilda AQSH prezidenti Barak Obama bilan Strategik qurollanishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaganini ham eslatdi. Medvedev o‘zining prezidentlik tajribasini esga olgan holda, yadroviy qurol ishlatish oqibatlari juda og‘ir ekanini yaxshi bilganini ta’kidladi. Shuningdek, davlatlar bir-biri bilan «yadroviy qurollar soni» bo‘yicha bahslashmasligi kerakligini qayd etdi. Ushbu bayonot AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy qurollar bo‘yicha munozaraning keskinlashgan paytiga to‘g‘ri keldi. Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda «START-III» shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi, bu esa yangi yadroviy qurollanish poygasi xavfini kuchaytirmoqda.





