
Mehnat bozorida eng talabgir sohalar va eng ko‘p ish taklif qilayotgan hududlar — hh.uz tahlili
2025 yilning iyun–avgust oylarida O‘zbekiston mehnat bozori ta’til mavsumi bo‘lishiga qaramay jonlandi. hh.uz platformasida ish beruvchilar yangi vakansiyalar sonini keskin oshirdi.

Bugun ish qidirayotganlar va xodim izlayotganlar uchun internetdagi asosiy manbalardan biri — hh.uz sayti. Har kuni minglab yangi vakansiyalar joylanadi, minglab rezyume yuboriladi. Bu nafaqat ish topish imkoniyati, balki mehnat bozoridagi tendensiyalarni kuzatish uchun ham muhim manba hisoblanadi.
Yoz odatda  ta’til mavsumi hisoblanadi, biroq O‘zbekiston mehnat bozori 2025 yilda buning aksini ko‘rsatdi. Iyun, iyul va avgust oylarida ish beruvchilar faol ravishda mutaxassislarni izlashdi, ish izlovchilar esa o‘z rezyumelarini joylashtirish va yangi karyera imkoniyatlarini ochish bilan shug‘ullanishdi. Qaysi sohalar o‘sishni namoyish etgani, qayerda o‘rtacha ish haqi o‘zgargani va qaysi shaharlar ishbilarmonlik faolligi markazlariga aylanganini tahliliy maqolada batafsil ko‘rib chiqamiz.
1. Ish beruvchilar orasida talab yuqori bo‘lgan kasbiy sohalar va hh.uz platformasidagi yozgi oylar bo‘yicha o‘rtacha taklif etilgan oylik maoshlar:
 * Median ish haqi o‘rtacha daromadga qaraganda aniqroq ko‘rsatkich. Chunki u haddan tashqari yuqori yoki past maoshlar kabi ekstremal qiymatlar tufayli ma’lumotlarning buzilishini oldini oladi va aynan markaziy qiymatni ko‘rsatadi.
Tahlil qilish mumkinki, hh.uz platformasidagi eng ko‘p maosh beriladigan soha avtomobil biznesi, eng ko‘p xodim kerak bo‘lgan sohalar marketing, reklama, PR, 2024 yilga qaraganda eng ko‘p o‘sish esa turizm, mehmonxona, restoranlar faoliyatida kuzatilgan.
 
2. hh.uz platformasida ish izlovchilar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb sohalari va yoz oylari uchun kutilayotgan o‘rtacha ish haqi:
Ish izlovchilar orasida talab yuqori bo‘lgan sohalar ichida eng ko‘p maosh moliya, buxgalteriya sohasida, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ishlash uchun eng ko‘p rezyume joylangan, rezyumelar o‘sishi ham aynan shu sohada kuzatilgan.
 
3. Eng ko‘p ish o‘rinlari joylashtirgan viloyatlar
hh.uz platformasida to‘liq ustunlik Toshkent shahrida bo‘lib, qolgan viloyatlarga nisbatan Samarqand va Buxoro shaharlarida vakansiyalar soni ko‘proq. Eng ko‘p o‘sish Buxoro, Toshkent, Jizzax viloyatlarida kuzatilib, Farg‘ona, Chirchiq, Samarqand viloyatlarida ish o‘rinlari qisqargan.
Mehrinoz Farmonova tayyorladi.
 
| 
 Kasbiy soha  | 
Median maosh (soʻm) | Vakansiyalar ulushi (foiz) | 
 Oʻsish (foiz)  | 
| Savdo, mijozlarga xizmat | 
 6 282 762  | 
15,5 | 
 17,1  | 
| Marketing, reklama, PR | 
 7 137 746  | 
10,9 | 
 20,5  | 
| Sport klublari, fitnes, salonlar | 
 6 839 336  | 
8,7 | 
 15,7  | 
| Avtomobil biznesi | 
 7 508 255  | 
6,6 | 
 14,6  | 
| Turizm, mehmonxonalar, restoranlar | 
 4 893 054  | 
5,9 | 
 34,6  | 
| Uy va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar | 
 4 469 540  | 
5,3 | 
 33,0  | 
| Ma’muriy xodimlar | 
 4 999 421  | 
4,6 | 
 17,2  | 
| Chakana savdo | 
 5 470 745  | 
4,0 | 
 14,8  | 
| Tibbiyot, farmatsevtika | 
 5 542 877  | 
3,9 | 
 12,9  | 
| Qurilish, ko’chmas mulk | 
 6 194 603  | 
3,8 | 
 16,9  | 
| 
 Mutaxassislik  | 
Oʻrtacha ish haqi (soʻm) | Faol rezyumelar (foiz) | 
 Rezyumelar o‘sishi (foiz)  | 
| Savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish | 
 4 936 402  | 
12,5 | 
 33,1  | 
| Sport klublari, fitnes, go‘zallik salonlari | 
 4 989 158  | 
7,4 | 
 31,5  | 
| Uy xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar | 
 4 955 166  | 
7,2 | 
 32,1  | 
| Marketing, reklama, PR | 
 4 954 140  | 
7,1 | 
 32,5  | 
| Avtomobil sanoati | 
 5 001 397  | 
5,1 | 
 21,9  | 
| Ishchi xodimlar | 
 5 011 017  | 
5,0 | 
 27,9  | 
| Ma’muriy xodimlar | 
 4 977 643  | 
5,0 | 
 31,2  | 
| Turizm, mehmonxonalar, restoranlar | 
 4 781 184  | 
4,9 | 
 29,8  | 
| Transport, logistika, tashish | 
 4 998 192  | 
4,6 | 
 28,2  | 
| Moliya, buxgalteriya | 
 5 992 812  | 
3,8 | 
 31,2  | 
| Shahar | Ulushi (foiz) | O‘sish (foiz) | 
| Toshkent | 
 89,5  | 
 32,3  | 
| Samarqand | 
 3,9  | 
 -1,4  | 
| Buxoro | 
 1,4  | 
 36,8  | 
| Andijon | 
 1,0  | 
 12,5  | 
| Jizzax | 
 0,9  | 
 21,4  | 
| Farg‘ona | 
 0,7  | 
 -7,1  | 
| Chirchiq | 
 0,7  | 
 -7,1  | 
| Namangan | 
 0,7  | 
 0,0  | 
| Qarshi | 
 0,6  | 
 0,0  | 
| Navoiy | 
 0,6  | 
 25,0  | 





