add

Messining ko‘z yoshlari. Afsonaviy futbolchi o‘zining so‘nggi uy uchrashuvini o‘tkazdi

05.09.2025 | 18:4035384

Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida Venesuelaga qarshi o‘yinda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida Argentina foydasiga yakunlandi.

Messining ko‘z yoshlari. Afsonaviy futbolchi o‘zining so‘nggi uy uchrashuvini o‘tkazdi
Messi Janubiy Amerika JCH saralash o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha rekordni takrorladi - 72 ta o‘yin. Bu rekord Ekvador terma jamoasi himoyachisi Ivan Urtadoga tegishli edi. Messi 2 Saralash bosqichi tugashiga bir tur qoldi. Biroq Messi Argentina uchun ahamiyatsiz bo‘lgan Ekvadorga qarshi safargi uchrashuvda qatnashmaydi. Argentinalik futbolchi o‘yindan so‘ng bu uchrashuv uning milliy jamoa safidagi ehtimol oxirgi uyini bo‘lishi mumkinligini aytdi. Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish haqida hali yakuniy qaror qabul qilmagan. «O‘zimga nisbatan adolatli bo‘lishim kerak: agar biror narsa yaxshi bo‘lmasa, bormaslikni afzal ko‘rardim. Jahon chempionatiga hali to‘qqiz oy bor, bu juda uzoq muddat. Klub mavsumi yakunlangach, o‘zimni qanday his qilayotganimni baholayman. Ha, bu menga yoqmaydi, lekin vaqt o‘tyapti. Ba’zida o‘zimni yaxshi his qilaman, ba’zida esa uncha emas. Messi terma jamoasi uchun o‘ynashni g‘alaba bilan yakunlaganidan xursand ekanligini bildirdi. «Bu men doimo orzu qilgan narsa edi. O‘z xalqim bilan shunday xayrlashish imkoniyatiga ega bo‘lish. Ha, ko‘p voqealar bo‘ldi, lekin men faqat yaxshi narsalarni eslayman», - dedi Messi. Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionati, ikkita Amerika kubogi, Olimpiya o‘yinlari va Finalissima g‘olibligini qo‘lga kiritgan. U terma jamoada gol urish (114 ta), o‘yinlar soni (198 ta) hamda sardorlik qilgan o‘yinlar (193 ta) bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid