Metan «zapravka»lar qachondan to‘liq ishlashi ma’lum qilindi

Bugun 12:371 daqiqa

Sovuq havo sabab joriy etilgan cheklovlar bekor qilinib, gaz shoxobchalari faoliyati yana tiklanishi kutilmoqda.

Metan «zapravka»lar qachondan to‘liq ishlashi ma’lum qilindi © Foto: Vaqt.uz

O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalari faoliyati 14-martdan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun ham metan zapravkalari cheklangan tartibda ishlaydi. Ular asosan ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari hamda jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.

14-mart, shanba kunidan boshlab esa metan gaz quyish shoxobchalari faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Shoxobchalarning ish vaqti va xizmat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda havo harorati keskin pasaygani sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan edi. Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport hamda jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz davom ettirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Metan «zapravka»lar qachondan to‘liq ishlashi ma’lum qilindi | Vaqt.uz