add

MIB ogohlantiradi: Telegramdagi *.apk ilovalarga ishonmang

11.12.2025 | 15:292001 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan yuborilayotgan soxta xabarlar va «apk» ilovalari orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari hamda pullari o‘g‘irlanayotgani ma’lum qilindi.

MIB ogohlantiradi: Telegramdagi *.apk ilovalarga ishonmang

Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan yuborilayotgan soxta xabarlar va «apk» ilovalari orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari hamda pullari o‘g‘irlanayotgani ma’lum qilindi.

Majburiy ijro byurosi fuqarolarni oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan soxta xabarlar va firibgarlik usullaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ma’lumotga ko‘ra, ayrim fuqarolarga ism-sharifi va hatto pasport raqamlari ko‘rsatilgan holda go‘yoki MIB nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqidagi xabarlar yuborilmoqda. Byuro bularning feyk ekanligini aytdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu xabarlar bilan birga tarqatilgan *.apk kengaytmali fayl ko‘rinishidagi ilovalar firibgarlar tomonidan tayyorlanib, ularni o‘rnatish orqali fuqarolarning bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritish xavfi mavjud. Byuro bunday xavfli ilova va havolalarni ochmaslikni keskin tavsiya qilmoqda.

MIB rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolarga ijro hujjatlari yoki qarzdorlik haqidagi bildirishnomalar faqat mobil SMS orqali yoki maxsus «MIB» info-nomerlari orqali yuboriladi. Byuro hech qanday tarzda noma’lum ilovalar o‘rnatishni talab qilmaydi.

Ijro ishlari bo‘yicha aniq ma’lumot olish uchun Byuroning rasmiy www.mib.uz veb-sayti yoki Google PlayMarket va AppStore tizimlarida mavjud rasmiy mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etildi.

MIB fuqarolarni o‘z shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga oshkor etmaslikka, shubhali xabar va ilovalarga ishonmaslikka chaqirdi. Byuroning aytishicha, kiberjinoyatlardan himoyaning eng samarali usuli — faqat rasmiy axborot manbalaridan foydalanishdir.

Teglar

Mavzuga oid