add

Milliarderlar uchun eng jozibali dunyo shaharlari sanab chiqildi

Kecha 23:11982

Savills reytingga ko‘ra, millionerlar uchun dunyodagi eng jozibali shaharlar reytingi kuchli beshligidan BAAning biryo‘la ikkita shahri o‘rin olgan.

Milliarderlar uchun eng jozibali dunyo shaharlari sanab chiqildi

Jahonning 30 ta yirik shahrini qamrab olgan Savills Plc tahliliy hisobotiga ko‘ra, Dubay hozirgi kunda boy insonlar uchun eng ommabop manzilga aylangan, deb yozmoqda Bloomberg.

Dubayni yetakchi o‘ringa olib chiquvchi asosiy omillar sifatida soliqlardan ozod qilish, yuqori darajadagi xavfsizlik va xalqaro darajadagi turmush sifati ko‘rsatilmoqda. Jumladan, meros solig‘i, kapitaldan foyda solig‘i va boylik solig‘i mavjud emas. Shaharga ko‘chib kelayotgan yangi oilalar soni ortib borayotgani tufayli xalqaro maktablar ro‘yxatlarida kutish muddatlari ham uzayayotgani qayd etilgan.

Hisobotda keltirilishicha, Dubay barcha reytingdagi shaharlar ichida xalqaro maktablar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Savills ma’lumotlariga ko‘ra, global boylik 2025 yildagi sekinlashuvdan so‘ng tiklana boshlagan. 2024 yilda dunyo bo‘yicha million dollarlik boylikka ega bo‘lganlar soni 680 ming kishiga ko‘paygan — bu 1,2 foiz o‘sish demakdir. 2029 yilgacha yana 5 million millioner paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Savills

Boylarning ko‘chish qarorlariga asosiy ta’sir etuvchi omillardan biri — biznes muhiti va soliq tizimi. Bu jihatdan Dubay va Nyu York jahondagi eng ommabop shaharlarga aylangan. Jumladan, BAAda 2 mln dirham (taxminan 544 ming dollar) investitsiya kiritganlarga 10 yillik «Golden Visa» doimiy istiqomat vizasi beriladi.

Italiyada esa xalqaro daromadlarga yagona (flat) soliq joriy etilgani Milan kabi shaharlarda ko‘chmas mulkka talabni oshirgan. Bu orqali Yevropa boylarining urfiy markazlaridan texnologik shaharlar — masalan, Shenjen va Bangalorga ko‘chishi tendensiyasi kuzatilmoqda. U yerlarda millionerlar soni so‘nggi 10 yilda 100 foizdan ortiq oshgan.

Bundan tashqari, Savills hisobotiga ko‘ra, katta boylikka ega yoshi ulug‘ fuqarolar yashash uchun uy sotib olayotganda meros solig‘i katta rol o‘ynaydi. Masalan, London turmush sifati bo‘yicha yetakchi bo‘lsa-da, yuqori soliq yuki tufayli umumiy reytingda orqaga tushgan. Qo‘shma Shtatlar va Yaqin Sharqdagi soliq imtiyozlari esa bu shaharlarni millionerlar uchun ancha jozibali qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Milliarderlar uchun eng jozibali dunyo shaharlari sanab chiqildi | Vaqt.uz