add

«Milliy bank» yarim yillikda 1 trln so‘m sof foydaga erishdi

21.07.2025 | 08:005523

2025 yilning birinchi yarim yilligida «Milliy bank» 1 trln so‘m sof foyda qayd etib, so‘nggi ikki yil ichidagi eng yaxshi moliyaviy natijaga erishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60,3 mlrd so‘mga yoki 6,4 foizga ko‘pdir.

«Milliy bank» yarim yillikda 1 trln so‘m sof foydaga erishdi
Ushbu natija bank uchun 2023 yildan buyongi eng yuqori foyda keltirgan yarim yillik bo‘ldi. O‘shanda «Milliy bank» 1,19 trln so‘m sof foyda olgan edi, deb xabar bermoqda Bankir kanali. Kanal keltirayotgan ma’lumotga ko‘ra, hisobot davrida bankning foizli daromadlari 15,3 foizga o‘sib, 8,4 trln so‘mni tashkil etdi. Foizsiz daromadlardagi o‘sish esa yanada yuqori bo‘lib, 5,2 trln so‘mga (+22,5 foiz) yetdi. Shu bilan birga, bank foizsiz xarajatlarini 16,6 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Foizli xarajatlar esa aksincha, 23,9 foizga oshgan. «Milliy bank» so‘nggi bir necha yil ichida foyda darajasi bo‘yicha O‘zbekiston bank sektorida yetakchilikni saqlab kelmoqda. Faqatgina foyda ko‘rsatkichi emas, balki umumiy barqarorlik jihatidan ham u bozordagi eng ishonchli banklardan biri sifatida tan olinadi. Yaqinda bank tomonidan ikki transhdan iborat, jami 418 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalar muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bundan tashqari, xalqaro reyting agentliklari — S&P va Fitch tomonidan bankning kredit reytingi ko‘tarildi. 1 iyun holatiga ko‘ra, bankning umumiy kredit portfeli 108,5 trln so‘mga yetdi — bu O‘zbekistondagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, umumiy depozitlar hajmi ham deyarli 42 trln so‘mni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichda ham «Milliy bank» yetakchi hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid