Logo

Mintaqa birdamligi: qardosh davlatlar mundialda O‘zbekistonga omad tilamoqda

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan uchrashuvda xorijiy davlatlar vakillari Jahon chempionatida debyut qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.

Mintaqa birdamligi: qardosh davlatlar mundialda O‘zbekistonga omad tilamoqda © ufa

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir qator yuqori martabali mehmonlar prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda milliy jamoamizning bo‘lajak tarixiy o‘yini oldidan o‘z fikrlari va tilaklarini bildirishdi.

Jumladan, Ozarboyjon Bosh vaziri Ali Asadov o‘zbek futbolchilari nafaqat o‘z mamlakati, balki, butun mintaqa sharafini ham himoya qilayotganini ta’kidladi: “O‘zbekiston futbolchilari Jahon chempionatida nafaqat o‘z yurtingiz, balki barchamizning sha’nimizni himoya qiladilar. Birodar Ozarboyjon xalqi sizlarga muxlislik qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Guruh oson emas, lekin Kolumbiya bilan bahsda biz g‘alabangizga ishonamiz. Menimcha, hozir ko‘plab musulmon davlatlari O‘zbekistonga duoda. Bu katta muvaffaqiyat, chunki futbol — butun dunyo kuzatadigan fenomendir”.

Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda ham milliy jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholab, ushbu voqelikning tarixiy ahamiyatiga to‘xtaldi: “Biz Kolumbiya bilan bo‘ladigan o‘yinni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va g‘alabaga ishonamiz. Hammamiz siz bilan birgamiz. Bu juda ulkan tarixiy voqea, chunki hozir butun MDH hududidan faqatgina O‘zbekiston ushbu nufuzli musobaqada qatnashmoqda”.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Kasimaliyev esa o‘tgan yili Toshkentda kechgan hal qiluvchi bahsni eslab o‘tdi: “Futbolchilaringiz g‘alaba qozonib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan tarixiy kunda biz ham shu yerda edik. O‘shanda stadionda Shavkat Miromonovich bilan birgalikda g‘alabani nishonlagan edik. Bugun Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston fuqarolari, hatto Amerikada yashayotgan vatandoshlarimiz ham O‘zbekiston uchun muxlislik qilmoqda. Jamoangizga musobaqadagi ilk o‘yindayoq g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz”, – dedi Adilbek Kasimaliyev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘zining mundialdagi tarixiy debyut uchrashuvini Janubiy Amerika qit’asi vakili — Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs ertaga, 18-iyun kuni Meksika poytaxtida joylashgan afsonaviy “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da start olishi belgilangan.

Россия - Украина уруши

Toshkent xalqaro investitsiya forumi

16-18-iyun kunlari Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumga oid barcha xabarlar bir havolada.

Teglar

Mavzuga oid