add

Mirzamahmudov: «Agrar universitetdagi yong‘inga quyosh panellari sabab bo‘lmagan»

29.10.2025 | 14:253551

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Agrar universitetdagi yong‘in quyosh panellari tufayli chiqqan degan mish-mishlarni rad etdi.

Mirzamahmudov: «Agrar universitetdagi yong‘inga quyosh panellari sabab bo‘lmagan»

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Agrar universitetda sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha tarqalgan «quyosh panellari sababchi bo‘lgan» degan ma’lumotlarni inkor etdi. Uning ta’kidlashicha, tekshiruvlar natijasida mazkur iddaolar tasdiqlanmagan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aholi orasida quyosh panellarining xavfsizligiga shubha uyg‘otuvchi asossiz targ‘ibotlar kuzatilmoqda. Uning fikricha, bu kabi xabarlar aholini chalg‘itishi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga bo‘lgan ishonchni pasaytirishi mumkin.

«Aslida yong‘in yuzaga kelgan vaqtda quyosh panellari ishlamayotgan, ya’ni elektr energiyasini generatsiya qilmayotgan bo‘lgan. Ammo olov natijasida yorug‘lik paydo bo‘lgandan keyin quyosh panellarida generatsiya bo‘lgan, bularning hammasi invertorda qayd etilgan. Biz tergov va surishtiruv jarayonida hamma ma’lumotlarni ko‘rsatib berganimizdan keyin, tushunishdi», — dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 30 sentyabr kuni Agrar universiteti binosida sodir bo‘lgan yong‘in 15 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan holda ikki soat ichida bartaraf etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gazlashmagan uylar uchun elektr energiyasiga imtiyozlar bo‘yicha loyiha hali ishlab chiqilayotgani, 2026 yilning mayiga qadar tariflar oshirilmasligini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Mirzamahmudov: «Agrar universitetdagi yong‘inga quyosh panellari sabab bo‘lmagan» | Vaqt.uz