add

Mirzayev «Uch qahramon» bozoridagi yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori haqida gapirdi

14.08.2025 | 21:4036505

Toshkent viloyatidagi «Uch qahramon» bozoridagi yong‘in sabab jamiyat va fuqarolarga jami 74 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Do‘koni yonib ketgan tadbirkorlarga yangi do‘konlar berilgan. Bu haqda bugun, 14 avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Mirzayev «Uch qahramon» bozoridagi yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori haqida gapirdi
Qayd etilishicha, yong‘in sabab 8 ming kv metr maydon zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, jamiyat va fuqarolarga jami 74 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituvga olingan. Yong‘inning sababi bozorga kirishda o‘ng tomonda joylashgan birinchi va ikkinchi do‘konlar orasidan o‘tgan elektr simlarida yuzaga kelgan avariya (ortiqcha yuklanish, yuqori o‘tish qarshiligi) dan deb taxmin qilingan. Yong‘in sababini aniqlash maqsadida X.Sulaymonova nomidagi ekspertiza markazidan ekspertlar, yong‘in institut xodimlari va boshqa mutaxassislar ishtirokida hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, olingan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid kompleks ekspertiza tayinlangan. Yong‘in oqibatida A blokdagi 78 ta tadbirkor (106 ta do‘kon), S blokdagi 11 ta tadbirkor (19 ta do‘kon) va Ye blokdagi 48 ta tadbirkor (56 ta do‘kon), jami 137 ta tadbirkor (181 ta tadbirkor do‘koni va 76 ta bo‘sh do‘kon) yong‘indan zarar ko‘rgan. Joriy yilning 12-13 avgust kunlari tuman hokimi boshchiligida Jamiyat ma’muriyati tomonidan yong‘in oqibatida jabrlangan 165 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini davom ettirishlari uchun bozor hududida 63 ta bo‘sh turgan do‘konlar, 125 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga 2 oy muddatga ijara to‘lovisiz ajratib berilgan va joylashtirilgan. Shundan: - 56 ta do‘konga (12 metr kvadrat) 2 tadan jami 112 ta tadbirkor; - 2 ta do‘konga (24 metr kvadrat) 4 tadan jami 8 ta tadbiror; - 5 ta do‘konga (9 metr kvadrat) 1 tadan jami 5 ta tadbirkor joylashtirilgan. - 8 ta tadbirkor rad javobini berib, faoliyatini davom ettirmasligini ma’lum qilgan. 4 ta tadbirkor do‘kon olish istagini bildirib, murojaat qilmagan. «Yig‘ilishda bozorning kelgusi faoliyati xususida Toshkent metropoliteni qaror qabul qilishi tadbirkorlarga tushuntirildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2026 yil 1 martdan boshlab bu yerda metropoliten uchun zarur infrastruktura ob’ekti qurilishi boshlanadi. Bu haqda metropoliten rahbari Rahmonbek Usmonovning telefon orqali bergan izohi Zoyir Mirzayev tomonidan tadbirkorlarga yetkazildi», - deyiladi yig‘ilish press relizida.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz