Mirziyoyev Janni Infantinoni mukofotladi
08.09.2025 | 22:2026793
Unga o‘zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni berildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 sentyabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi va unga «Do‘stlik» ordenini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida FIFA prezidenti O‘zbekiston yetakchisi va xalqini tarixiy voqea – milliy terma jamoa 2026 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan yana bir bor samimiy tabriklagan. Ushbu haqli yutuq mamlakatda olib borilayotgan samarali islohotlar, sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va har tomonlama ko‘makning amaliy natijasi ekani ta’kidlangan.
O‘zbekistonning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan, eng avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlash borasidagi sermahsul hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Futbolni, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.
FIFAning texnik ko‘magida zamonaviy Milliy futbol markazi, shu jumladan, innovatsion yechimlarni joriy etgan holda raqamli futbol bo‘yicha situatsion markaz tashkil etildi.