add

Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» sammitida ishtirok etdi

Bugun 10:511252 daqiqa

Tokioda o‘tgan sammitda O‘zbekiston rahbari mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanishga qaratilgan keng qamrovli takliflarni ilgari surdi.

Mirziyoyev «Markaziy Osiyo  + Yaponiya» sammitida ishtirok etdi

20-dekabr kuni Tokio shahrida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator strategik tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit Yaponiya Bosh vaziri Sanaye Takaichi raisligida o‘tkazildi.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etdi. Muhokamalar «yashil iqtisodiyot», barqaror rivojlanish, transport va energetika o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, inson kapitali va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.

O‘zbekiston rahbari Yaponiyaning so‘nggi 20 yilda Markaziy Osiyo bilan muloqot formatini ilk bor ilgari surgan davlat sifatida ishonchli sherik bo‘lib kelayotganini ta’kidladi. U Yaponiyaning infratuzilma, sanoat, energetika, fan va ta’lim sohalarida mintaqaviy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.

Prezident sammitlarni har ikki yilda davlat rahbarlari darajasida o‘tkazishni, shuningdek, navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda tashkil etishni taklif qildi. Shu bilan birga, «Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040» hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Iqtisodiy blokda infratuzilma va sanoatni rivojlantirish investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish, raqamli xab yaratish, «yashil» energetika va transport loyihalariga Yaponiya texnologiyalarini jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Ekologiya, seysmik xavfsizlik va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma mintaqaviy markazlar tashkil etish taklif etildi.

Sammit yakunida ishtirokchi davlatlar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi va Tokio deklaratsiyasi qabul qilindi.

Teglar

Mavzuga oid