add

Mirziyoyev: «Oddiy muammolar uchun ham ruxsat kutilmoqda – buni o‘zgartirish kerak»

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida vazirlik va hokimliklar ishidagi tizimli muammolarni keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy darajadagi muammolarni hal etish uchun hali ham markaziy organlardan ruxsat kutilmoqda.

Mirziyoyev: «Oddiy muammolar uchun ham ruxsat kutilmoqda – buni o‘zgartirish kerak»
Prezident ta’kidlaganidek, har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning viloyat darajasida ham idorasi, ham rahbari mavjud. Shunga qaramay, oddiy muammolarni hal qilishda hokimliklar mustaqil qaror qabul qila olmayotir. Mirziyoyev bunga misol sifatida Qumqo‘rg‘on markazidagi temir yo‘lda joylashgan «shlagbaum» muammosini keltirdi. Har kuni 20 marta yopiladigan mazkur o‘tish nuqtasi 200 metrga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik bartaraf etiladi. Biroq, bu ishni amalga oshirish uchun tuman yoki viloyat hokimi emas, «O‘zbekiston temir yo‘llari»dan ruxsat olish talab etiladi. Shuningdek, «Termiz–Sariosiyo» temir yo‘lida elektrlashtirish yetarlicha emasligi oqibatida elektrovoz 1,5 soatda boradigan manzilga teplovozlar 3 soatda yetayotgani qayd etildi. Bundan tashqari, yo‘lning elektrga o‘tkazilishi 10 tumanni Termiz bilan xavfsiz bog‘lash imkonini yaratishi mumkin. Lekin, transport vaziri Ilhom Mahkamov va «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbari Ziynur Narzullayevning befarq munosabati tanqid qilindi. Prezident hududlardagi rahbarlar tashabbuskor bo‘lib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

Mirziyoyev: «Oddiy muammolar uchun ham ruxsat kutilmoqda – buni o‘zgartirish kerak» | Vaqt.uz