Mirziyoyev Ozarboyjon hududiga dron orqali uyushtirilgan hujumlarni keskin qoraladi

05.03.2026 | 22:151 daqiqa

Bugun O‘zbekiston va Ozarboyjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.

Mirziyoyev Ozarboyjon hududiga dron orqali uyushtirilgan hujumlarni keskin qoraladi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarboyjon hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Co‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinlikning avj olishi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgani va jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.

Muborak Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday voqealar umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro normalar va davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi mamlakat fuqarolarini Erondan Ozarboyjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.

Ozarboyjon Prezidenti, o‘z navbatida, Shavkat Mirzyoyevga do‘stona suhbat va sinovli damlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida tashakkur izhor etdi.

Teglar

Mavzuga oid