add

Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Bugun 13:551583

Shuningdek, Prezident O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.

Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan yurtdoshlarga yo‘llagan murojaatida kasaba uyushmalarini mehnat sohasidagi huquq va manfaatlarni himoya qiluvchi eng yirik fuqarolik instituti sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda kasaba uyushmalari faoliyati orqali qariyb 500 ming fuqaroning huquqlari tiklandi, korxona va muassasalarda 20 mingga yaqin jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi, mehnat muhofazasi bo‘yicha 21 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etildi. Shuningdek, 1 millionga yaqin xodim va ularning oila a’zolari hamda 800 mingdan ziyod bolalar uchun dam olish imkoniyatlari yaratildi.

Prezident ta’kidlaganidek, kasaba uyushmalari faqat mehnat sohasida emas, balki ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarning manfaatlarini himoya qilishda ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda 1 200 nafar urush va mehnat fronti faxriylari sog‘lomlashtirish muassasalarida dam oldi.

Mirziyoyev kasaba uyushmalarining xalqaro hamkorlikni kengaytirib, o‘nga yaqin xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo‘lganini qayd etdi. Uning fikricha, bu hamkorlik O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham oshirmoqda.

Prezident mehnat bozoridagi yangi tendensiyalarni hisobga olgan holda «yashil iqtisodiyot» va sun’iy intellekt sharoitida kasb sohalaridagi o‘zgarishlarga mos huquqiy tizimni shakllantirish zarurligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda 2026–2030 yillar uchun «Munosib mehnat dasturi»ni ishlab chiqish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaati yakunida kasaba uyushmalari faollarini bayram bilan tabriklab, ularga mehnat munosabatlarini takomillashtirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda yangi yutuqlar tiladi.

Shuningdek, Mirziyoyev kasaba uyushmalari tizimini rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun soha xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan:

Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi;

 «Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

Sabirov Kutlimurat - O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

 «Do‘stlik» ordeni bilan:

Abdualimov Eshmirza Uralovich - O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

Akberdiyev Abdug‘ofur Bektoshevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining yordamchisi;

Axmedov Isak Nabiyevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari;

Matisayev Xamidullo Pazildjanovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri;

Norqulov Hasan Xaydarovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;

Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti rektori;

Xamidov Tayirjon Kasimdjanovich - O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi;

 II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:

Bedilov Ravshan Melsovich - O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

 II darajali «Salomatlik» ordeni bilan:

Imamkuliyeva Sanobar Atabayevna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Davolash-profilaktika markazi terapevti;

Xanapiyayev Farxodjon Raxmanovich - O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

 «Sog‘lom turmush» medali bilan:

Saitbekova Zerxan Jaksilikovna - Mo‘ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

 «Shuhrat» medali bilan:

Abdumuxtorov Anvarjon Akramjonovich - O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

Alimov Jasurjon Kamildjanovich - Bo‘stonliq tumanidagi «Oq-tosh sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati;

Samarbekov Ravshanbek Yuldashovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari;

Urmanbekova Muxabbat Davranbekovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Matbuot xizmati rahbari.

Teglar

Mavzuga oid

Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi | Vaqt.uz