add

Mirziyoyev Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum urinishini qoraladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum urinishini qoraladi.

Mirziyoyev Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum urinishini qoraladi

2025 yil 30-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Rossiya rahbarining Nijniy Novgorod viloyatidagi davlat qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.

Davlat rahbari bunday harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan, uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga jiddiy tahdid solishini ta’kidladi. Tomonlar tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi xalqaro sa’y-harakatlar muhimligini qayd etdi.

Muloqot davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston–Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Geosiyosiy vaziyat, xavfsizlik masalalari hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Avvalroq Sergey Lavrov 29-dekabrga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiya prezidentining Novgorod oblastidagi davlat qarorgohiga hujum qilgani haqida ma’lumot bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum 91 ta uzoq masofali uchuvchisiz apparat orqali amalga oshirilgan, jabrlanganlar yoki zarar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa havo hujumidan mudofaa kuchlari 91 ta dronni yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid