add

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bir-birini Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan tabrikladi

29.01.2026 | 20:191 daqiqa

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mirziyoyev va Erdo‘g‘an bir-birini Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan tabrikladi

Bugun, 29-yanvar kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan bir-birlarini samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Barcha darajalardagi yuqori sur’at va faol muloqotlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar yaqinda bo‘lib o‘tgan strategik rejalashtirish guruhining «4+4» formatidagi uchrashuvining samarali natijalarini olqishladi.

Ko‘p qirrali sheriklik

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni izchil o‘sib bormoqda. Muntazam ravishda qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy himoya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda loyiha va dasturlarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.

Mudofaa va xavfsizlik sohasida, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashtiruvni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Teglar

Mavzuga oid