
Mirziyoyev va Putin Ashxobodda tik oyoqda suhbat qurdi
Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari majlislar zali tomon yo‘l olar ekan, qisqa suhbatlashib, bir-birlarini quchoqlab qo‘ygan.

Ashxobodda o‘tayotgan Xalqaro tinchlik va ishonch yili, Xalqaro betaraflik kuni hamda Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligiga bag‘ishlangan forum boshlanishi oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev qisqa muloqot o‘tkazdi. RIA Novosti xabar qilishicha, prezidentlar umumiy suratga tushish marosimidan so‘ng bir necha dakiqa gaplashib olishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin va Mirziyoyev marosimdan keyin birgalikda majlis zaliga yo‘l olgan va shu paytda o‘zaro fikr almashishga muvaffaq bo‘lgan. Prezidentlar bir-birini quchoqlab qo‘yishgan.
Ma’lumot uchun, noyabr oyida ikki davlat rahbarlari telefon orqali Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan edi.





