add

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi

08.08.2025 | 15:0042473

Rossiya Prezidenti Mirziyoyevga 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi.

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi
8 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Vladimir Putin 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari haqida Shavkat Mirziyoyevga ma’lumot berdi. Suhbat chog‘ida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalindi. Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiya ko‘rsatkichlaridagi o‘sish sur’atini ta’minlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, hududlar darajasida samarali hamkorlik, ishbilarmonlik aloqalari va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Muloqotda, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvlari hamda qo‘shma tadbirlar taqvimi ko‘rib chiqildi. Prezidentlar kelgusidagi qadamlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

Teglar

Mavzuga oid