add

Mirziyoyeva qo‘shrabotliklarga 17 ta avtobus berib keldi

20.06.2025 | 19:4038043

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qo‘shrabot tumaniga tashrifi chog‘ida 750 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olayotgan olis maktablar uchun 17 ta yangi avtobusni taqdim etdi.

Mirziyoyeva qo‘shrabotliklarga 17 ta avtobus berib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi 71-maktabda bo‘lib, maktabni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarga oltin medal topshirdi. Bu haqda u o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi. «Kecha biz Samarqanddagi 71-maktabda bo‘ldik, ushbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvchilar orasida medal olayotgan va xalqaro ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan yoshlar ko‘p. O‘tgan yili esa mazkur dargohning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari imtihonidan o‘tib, talabalikka qabul qilindi. Ushbu maktabni va Samarqanddagi boshqa maktablarni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarga oltin medallarni topshirish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi», - dedi Mirziyoyeva. Ma’lum qilinishicha, Prezident topshirig‘iga binoan, Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etilgan. Bu sovg‘a tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini berishi ta’kidlangan.

Teglar

Mavzuga oid