add

Mishustin chet el texnikasini tezroq nusxalash va ommaviy ishlab chiqarishga chaqirdi

04.06.2025 | 08:1537683

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatda texnik rivojlanishni ta’minlash uchun chet el texnologiyalarini nusxalash va ularni ishlab chiqarishga moslashtirishga chaqirdi. Bu, uning ta’kidlashicha, sanoat miqyosini kengaytirishning asosiy yo‘li bo‘ladi.

Mishustin chet el texnikasini tezroq nusxalash va ommaviy ishlab chiqarishga chaqirdi
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin «Rossiya sanoatining raqamli industriyasi» ko‘rgazmasi doirasida so‘zga chiqib, mamlakatda «teskari injiniring», ya’ni chet el texnika va texnologiyalarini nusxalashni jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sanoat ishlab chiqarishini kengaytirishning asosiy omillaridan biridir. «Agar biz yaratish va modellashtirishni yaxshi o‘rgangan bo‘lsak, endi eng muhim vazifa — bu texnologiyalarni ommaviy ishlab chiqarishga moslashtirish», — dedi Mishustin «Interfaks» agentligi yozgan iqtibosda. Bosh vazir industrial kompetensiyalar markazlari orqali olib borilayotgan ishlarning natijalari ko‘rina boshlaganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, davlat idoralari va sanoat korxonalari o‘rtasida yaqin hamkorlik innovatsion yechimlarni ko‘plab sohalarda qo‘llash imkonini yaratadi. Mishustinga ko‘rgazmada sun’iy intellekt asosida ishlovchi dastur namoyish etildi. U dastur texnik chizmalarni tahlil qilib, ishlab chiqarish jarayoni uchun texnik vazifa tayyorlaydi va stanoklar uchun avtomatik boshqaruv kodini yaratadi. Mishustin buni «teskari injiniring» uchun juda muhim vosita deb atadi. Prezident Vladimir Putin ham fevral oyidagi chiqishida Rossiya oldida chet el texnologiyalarini almashtirish emas, balki yangi va innovatsion yechimlar yaratish vazifasi turganini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, 2025 yilda «Milliy texnologik tashabbus» dasturi uchun ajratiladigan mablag‘ 2024 yilga nisbatan ikki baravarga qisqartirildi — 11,8 mlrd rubldan 5,3 mlrd rublga tushdi. Bu dastur sun’iy intellekt, kvant va neyrotexnologiyalar sohalarini rivojlantirishni nazarda tutgan edi.

Teglar

Mavzuga oid