add

MMA jangchisi Shahzod Gold Uzoqovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Bugun 21:3813252

Uning yaqin oylarda yengil vazn toifasida qozog‘istonlik aralash yakkakurash ustasi Erkebulan To‘qtar bilan ehtimoliy jangi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgandi.

MMA jangchisi Shahzod Gold Uzoqovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Bezorilikda ayblanib, Toshkentda hibsga olingan taniqli MMA jangchisi Shahzod Gold Uzoqovga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov Vaqt.uz'ga ma’lum qildi.

Abidovga ko‘ra, Shahzod Gold Uzoqov sudning 7-noyabrdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3 kismi "a", "g" (bezorilik – tahr.) bandlarida belgilangan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan.

Avvalroq, Shahzod Uzoqovning o‘zi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilib, O‘zbekistonga qaytayotgani hamda mamlakatga qaytsa, uni qo‘lga olishlari mumkinligi haqida gapirib bergandi.

«2024 yil 5-noyabr kuni Toshkentda paytim bir janjalli vaziyatga tushib qoldim. Mening aybim o‘sha paytda, o‘sha joyda bo‘lib qolganim. Ko‘chada urush bo‘lib ketdi, lekin men hech kimni urmaganman. Keyin o‘sha bolalar yozib berishgan. Bir muddat o‘tib men professional faoliyat uchun Tailandga ketdim. Tailandga ketishim bilan meni aybdor qilib qo‘yishdi. Buni Shahzod qilgan, degan gap tarqatishgan. Aybim — avval sudlanganim. Vaqt o‘tdi, yaqinlarimni sog‘indim. Onamni Tailandga ham chaqirib oldim. Lekin... Yoshligimdan men baribir chempion bo‘laman va xalqimga xizmat qilaman, degan orzum bo‘lgan. Tailandga keldim, mana, shukr, yaxshi natija, yutuqlarga erishyapman. Oktagonga chiqolmayotganimning sababi esa shu janjal sababli edi», – degandi sportchi.

Ma’lumot uchun, Shahzod Uzoqov 1999 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Yoshligidan jang sa’natlari bilan shug‘illanib kelgan sportchi 2020 yilda bezorilik ishi bilan bir necha yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinchalik u Tailandga ko‘chib ketgan va aralash jang san’atlari (MMA) sport turi turi bilan professional tarzda shug‘illana boshlagan. Shahzod Uzoqov ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p sonli muxlislarga ega sportchi hisoblanadi. Uning yaqin oylarda yengil vazn toifasida qozog‘istonlik aralash yakkakurash ustasi Erkebulan To‘qtar bilan ehtimoliy jangi ayniqsa ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgandi.

Teglar

null null

Vaqt.uzMaqolalar soni: 275

Barchasi

Mavzuga oid

MMA jangchisi Shahzod Gold Uzoqovga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi | Vaqt.uz