Mobil telefonlar importidagi qoidalar: bojxona to‘lovi qay holda undiriladi?
05.10.2025 | 20:3346843
O‘zbekiston fuqarolari tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun mobil qurilmalarni chet eldan olib kirishda bojxona to‘lovlari masalasi bo‘yicha tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi batafsil ma’lumot berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi 244-son qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun respublikaga qiymati quyidagi miqdordan oshmagan tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin:
Havo transporti orqali — 1000 AQSH dollarigacha;
Temir yo‘l va daryo orqali — 500 dollargacha;
Avtomobil yoki piyoda o‘tish punktlari orqali — 300 dollargacha.
Agar mobil qurilmaning qiymati belgilangan me’yordan oshsa, ortiqcha qismi uchun 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Shuningdek, 2025 yil 31 yanvardagi 55-son qarorga asosan bojxona kirim orderini rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi (hozirda 103 ming so‘m) miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Qurilmaning bojxona qiymati xarid cheki, kvitansiya yoki boshqa tijorat hujjatlari orqali tasdiqlanadi. Agar bu hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bojxona organi tovar qiymatini mustaqil belgilaydi va bunda elektron deklaratsiya bazasi hamda ishlab chiqaruvchilarning rasmiy ma’lumotnomalari, prays-varaqa yoki byulletenlaridan foydalanadi.
Masalan, «Iphone 17» rusumli qurilma uchun bojxona qiymati fuqaro kelgan davlatdagi «Apple» kompaniyasining rasmiy saytida ko‘rsatilgan narxlar asosida hisoblanadi. Shu sababli qurilma narxi mamlakatlar kesimida farq qilishi mumkin.
Bojxona qo‘mitasi ma’lum qilishicha, «Iphone 17» qurilmalari eng ko‘p olib kirilayotgan davlatlar bo‘yicha bojxona qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.