add

Mol-mulk solig‘idan kimlar qisman ozod qilingan?

20.06.2025 | 11:4012352

O‘zbekiston Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy shaxslarning ayrim toifalari mol-mulk solig‘ini to‘lashdan qisman ozod qilinadi. Bu imtiyoz mamlakat aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan.

Mol-mulk solig‘idan kimlar qisman ozod qilingan?
Xususan, quyidagi shaxslarga tegishli 60 metr kvadratgacha bo‘lgan turar joylar mol-mulk solig‘idan ozod etiladi: – 10 nafar va undan ortiq farzand tarbiyalayotgan ota-onalardan biri; – pensiya oluvchi shaxslar; – I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Imtiyozdan foydalanish uchun ushbu shaxslar o‘z imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mulk joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim etishi talab etiladi. Bu jarayon fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, agar mulk egasi bir nechta turar joyga ega bo‘lsa, imtiyoz faqat bitta, ya’ni yashash uchun mo‘ljallangan bir ko‘chmas mulkka qo‘llaniladi. Qaysi ob’ektga imtiyoz tatbiq etilishini mulkdor o‘zi tanlaydi. Qayd etish joizki, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi mulk ob’ektlari mazkur cheklovdan mustasno hisoblanadi. Ya’ni, bu toifa ob’ektlarga alohida tartibda soliq imtiyozlari beriladi.

Teglar

Mavzuga oid