add

Moliyaviy qiyinchilikka uchragan 621 nafar fuqaro vatanga qaytarildi

19.08.2025 | 14:3012783

30 iyuldan 30 avgustgacha davom etuvchi «Vatanga qaytarish» loyihasi doirasida xorijiy davlatlarda og‘ir moliyaviy ahvolda qolgan 621 nafar O‘zbekiston fuqarosi yurtimizga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Moliyaviy qiyinchilikka uchragan 621 nafar fuqaro vatanga qaytarildi
Qaytarilganlarning eng ko‘p qismi Rossiyadan — 460 nafar. Shuningdek, Turkiyadan 71, AQSHdan 56, Qozog‘istondan 17, Janubiy Koreyadan 4, Hindiston, Yaponiya va Polshadadan 3 nafardan, Misrdan 2, Qirg‘iziston va Saudiya Arabistonidan bir nafardan fuqaro yurtimizga yetkazildi. Ular orasida 326 nafar ayol, 295 nafar erkak hamda 189 nafar voyaga yetmagan bolalar bor. Agentlik ma’lumoticha (https://t.me/uzmigration/626), bu vaqtga qadar tashkilotga 2045 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1406 nafar fuqaroga tushuntirish va huquqiy maslahat berilgan, 639 nafari esa vatanga qaytarish bo‘yicha rasmiy ariza topshirgan. Loyiha doirasida avvalo Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Koreyadagi deportatsiya markazlarida bo‘lgan ayollar va bolalar vatandoshiga qaytarilishi belgilangan. Qolgan hollarda fuqarolar Konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentligi xulosasi asosida yurtimizga olib kelinadi. Vatandoshlarni yurtimizda samarali reintegratsiya qilish uchun davlat tomonidan qator choralar ko‘rilmoqda. Ularga maqsadli subsidiyalar, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, mahalliy hokimliklar, Bandlik vazirligi va Oila va xotin-qizlar qo‘mitalari qaytarilgan fuqarolarni ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik jihatdan moslashtirish ishlarini olib boradi. Avvalroq «Vatanga qaytarish» aksiyasi boshlangani haida xabar bergan edik. Mazkur tashabbus doirasida chet elda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish va ularni jamiyatga qayta moslashtirish maqsad qilingan.

Teglar

Mavzuga oid