add

Moliyaviy «zobitlar» – 2025 yilda dunyo zaxiralarini kimlar nazorat qilmoqda?

22.07.2025 | 20:4029552

Jahon iqtisodiyoti beqarorlashayotgan bir paytda, valyuta va oltin zaxiralari davlatlar uchun strategik muhofaza vositasiga aylanmoqda. Global Firepower’ning 2025 yilgi reytingida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda yetakchi o‘nta davlat nomi e’lon qilindi.

Moliyaviy «zobitlar» – 2025 yilda dunyo zaxiralarini kimlar nazorat qilmoqda?
Jahon moliya bozorlaridagi beqarorlik, geosiyosiy kelishmovchiliklar va tovarlar narxidagi o‘zgarishlar mamlakatlarning zaxira siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Valyuta va oltin zaxiralari esa ayni damda iqtisodiy sug‘urta vazifasini bajarmoqda. Global Firepower’ning 2025 yil uchun e’lon qilingan reytingiga ko‘ra, dunyodagi eng yirik zaxiralarga ega o‘nta davlat orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab, 3,45 trln dollarlik zaxiraga ega bo‘lgan. Uning ortidan Yaponiya ($1,295 trln) va Shveysariya ($863,89 mlrd) qayd etilgan. Bu kabi zaxiralar davlatlarga o‘z milliy valyutalarini barqaror ushlash, tashqi qarz majburiyatlarini qoplash va zarur mahsulotlarni import qilish imkonini beradi. Ayniqsa, iqtisodiy inqiroz, pandemiya, urush yoki xomashyo narxlarining keskin tushishi kabi murakkab vaziyatlarda bu zaxiralar milliy iqtisodiyotni barqaror ushlab turishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Top-10 likka AQSH ($773,42 mlrd), Hindiston ($627,79 mlrd), Rossiya ($597,21 mlrd), Tayvan ($492,63 mlrd), Saudiya Arabistoni ($457,95 mlrd), Janubiy Koreya ($420,93 mlrd) va Singapur ($359,83 mlrd) ham kiritilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Moliyaviy «zobitlar» – 2025 yilda dunyo zaxiralarini kimlar nazorat qilmoqda? | Vaqt.uz