add

Moskvada ikki yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi

25.09.2025 | 10:0431492

Sheremetevo aeroportida to‘qnashgan samolyotlardan biri Xitoyning «Hainan Airlines» aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Moskvada ikki yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi
24 sentyabr kuni Sheremetevo aeroportida «Rossiya» aviakompaniyasining FV 6097 Moskva – Sankt-Peterburg reysi uchishga tayyorgarlik jarayonida yo‘lakda Xitoyning «Hainan Airlines» aviakompaniyasiga qarashli Airbus A330 samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «TASS» xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Rossiya» samolyotining qanoti ikkinchi samolyotning boshqaruv qismiga tekkan. Hodisa oqibatida yulovchilar zarar ko‘rmagan. Reys yo‘lovchilari terminalga tushirilgan va keyin zaxira samolyot taqdim etilgan. Shikastlangan Airbus A330 esa parvozlardan vaqtinchalik chetlatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Rosaviatsiya» maxsus komissiya tuzib, to‘qnashuv sabablarini o‘rganishni boshlagan. Idora vakili Artyom Korenyako ta’kidlashicha, Sankt-Peterburgga uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar allaqachon boshqa samolyot orqali yo‘lga chiqib ketgan. Shu bilan birga, Airbus A330 ning 264 nafar yo‘lovchi maxsus mehmonxonalarga joylashtirilgan. Ular zaxira samolyot yetib kelib, to‘liq tayyor bo‘lgach, manziliga jo‘nab ketishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid