add

Moskvada migrantlar uchun QR-kodli elektron tizim joriy etiladi

26.08.2025 | 19:007073

1 sentyabrdan boshlab Moskvada migrantlarni to‘liq nazorat qilishga qaratilgan yangi mobil ilova joriy etiladi.

Moskvada migrantlar uchun QR-kodli elektron tizim joriy etiladi
Shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, ilova pandemiya paytida kasallarni kuzatish uchun qo‘llangan «Ijtimoiy monitoring» dasturining yangilangan ko‘rinishi hisoblanadi. Unga ko‘ra, har bir migrant uchun elektron karta shakllantiriladi va unda shaxsga oid barcha ma’lumot — kelish sanasi, yashash manzili, ish joyi va migratsiya holati aks ettiriladi. Politsiya xodimlari tekshiruv paytida faqat QR-kodni skanerlab, migrant haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. Agar kodda «qizil» belgisi chiqsa, qonunbuzarlik mavjudligi aniqlanadi va shaxs ushlanadi. «Yashil» holatda esa hech qanday savol tug‘ilmaydi. Sobyanin ta’kidlashicha, bu tizim huquq-tartibotni ta’minlash bilan birga mehnat bozoridagi muammolarni ham hal etishga yordam beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada hozirda taxminan 5 million ishchi yetishmayapti. Shu bois mehnat migrantlarini butunlay chetlatish mamlakat iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mer shuningdek, so‘nggi o‘n yil ichida migrantlar tomonidan shaxsga qarshi jinoyatlar qariyb uchdan bir qismiga qisqarganini qayd etdi. Bu esa yangi elektron nazorat tizimini joriy qilish faqat tartib-intizom emas, balki ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Moskvada migrantlar uchun QR-kodli elektron tizim joriy etiladi | Vaqt.uz