
Mubashshir Ahmad sudi ochiq, ammo cheklovlar bilan boshlandi
19.08.2025 | 16:5643452
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmad (Alisher) Tursunovga oid jinoyat ishi sudya Bobur Rahimov raisligida ko‘rib chiqish boshlanmoqda.

Ma’lumot uchun, «Azon Global» portali asoschisi Alisher Tursunov joriy yilning 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilinganidan so‘ng hibsga olingan. Jinoyat kodeksining 244 prim 3 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, keyinroq shu moddaning 1-qismi «g» bandi bilan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan. Oradan sal fursat o‘tib, ayblovlarga 156-moddasi 2-qismi ham ishga qo‘shilgan.
Sud jarayoni rasman ochiq deb belgilangan bo‘lsa-da, unda qat’iy cheklovlar joriy etildi. Jurnalistlar sud zaliga kiritildi, ammo kamera va telefon vositalaridan foydalanish taqiqlandi. Shuningdek, ularga suddan tashqarida fikr bildirish mumkin emasligi aytildi.
Keyingi sud majlisi 8 sentyabr kuni o‘tkazilishi e’lon qilindi.





