add

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki turizmga chegirmalar e’lon qilindi

27.08.2025 | 09:3424022

O‘zbekistonda Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan aholi uchun ichki turizm xizmatlariga qator imtiyozlar joriy etildi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki turizmga chegirmalar e’lon qilindi
Mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar va madaniy meros ob’ektlariga tashriflar uchun 20 foizgacha chegirmalar berilishi belgilandi. Chegirmalar asosan yurtdoshlarni tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda ichki turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan. Bu tashabbus mamlakat bo‘ylab turizm xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Maxsus imtiyozlar doirasida madaniy meros ob’ektlari, muzey va yodgorliklarga kirish chiptalari arzonlashadi. Shuningdek, joylashtirish vositalarida xizmat narxlari hamda ayrim ekskursiya va sayyohat xizmatlariga ham chegirmalar tatbiq etiladi. Shu bilan birga, turizm sohasi va mahalliy hokimliklar hamkorligida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalari tashkil etish rejalashtirilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus mamlakatda turizm madaniyatini rivojlantirish va ichki bozor faolligini oshirishga xizmat qiladi. Avvalroq 30–31 avgust kunlari poytaxtning barcha tumanlarida bayram sayillari va yorqin konsertlar bo‘lib o‘tadigan joylar haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid