
Mustaqillik bayrami uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi
21.08.2025 | 19:407792
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 3 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 2 kun dam oladi.

Joriy yilda O‘zbekistonda «1 sentyabr — Mustaqillik kuni» bayram uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Mustaqillik kuni munosabati bilan:
- 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30 avgust (shanba), 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari;
- 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.
Xabarga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.





